AQShning Apple kompaniyasi o‘z telefonlaridagi IPS matrisani OLED matrisaga almashtirishi borasida mana bir necha yildan beri turli xabarlarni eshitib kelmoqdamiz. Biroq o‘tgan oyning boshida namoyish etilgan Apple iPhone 7 qurilmasida ham mazkur yangilik tasdiqlanmadi – Apple yana IPS displeylarga sodiq qoldi.
Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, keyingi yilda Apple firmasi iPhone 8 modelining 3 ta versiyasini, jumladan, 5 dyuymli gadjetni ham taqdim qiladi. Shuningdek, qatordagi eng yirik model — iPhone 8 Plus Sharp tomonidan tayyorlangan OLED panel bilan jihozlanadi.
Ushbu yangilik shunchaki mish-mish bo‘lishi mumkin emas. Sababi iPhone qurilmalarini ishlab chiqaradigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi shu yilning avgust oyida Sharp’ning nazorat aksiyalari (66,07%) to‘plamini 3,8 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan edi. Bu esa mazkur xabarning zarur asosga egaligini isbotlaydi.
Bundan tashqari, “Olma” Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va bozordagi asosiy o‘yinchilardan biri — Samsung bilan raqobat qilish uchun yangi innovasiyalarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?