00:00 / 03.11.2016
6 694

Minoca OS nomli yangi operasion tizim yaratildi

Minoca OS nomli yangi operasion tizim yaratildi

Github saytida Minoca OS nomli yangi ochiq operasion tizimning birlamchi kodi va texnik hujjatlari paydo bo‘ldi. Tizim erkin GNU GPL v3 lizensiyasi bazasida yaratilgan. Dasturchilarning ma’lum qilishicha, ushbu operasion tizim butunlay yangi kodlar bilan yozilgan, kompyuterning apparat qismiga yuqori talablar qo‘ymaydi va Linux’ga qaraganda tezroq ishlay oladi.

Operasion tizim yaratuvchilari Evan Grin va Kris Stivenslarning qayd etishicha, dastur yadrosi mexanizm va yangilanishlari o‘tgan asrning 90-yillaridan beri o‘zgarmagan va natijada sezilarli eskirgan.

Dastur kodi 625 mingta qatordan iborat. Asosan S dasturlash tilida yozilgan bo‘lsa-da, biroq S++ va assemblerdan ham foydalanilgan. x86 uchun mo‘ljallangan yadroning hajmi – 750 KB. Minoca OS to‘liq ishlash holatida 5-7 MB operativ xotirani tashkil qiladi, ARMv6 va ARMv7 texnologiyasidagi prosessorlarda ham ishga tushadi.

Ferra nashrining ma’lum qilishicha, Minoca OS dasturini mobil qurilmalar, sozlanadigan tizimlar, kuchsiz kompyuterlar va Raspberry Pi kompyuterlarida ishlatsa bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Minoca OS nomli yangi operasion tizim yaratildi