Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi sentyabr oyida navbatdagi flagmani LG V20 modelini taqdim etgandi. Model Android 7.0 versiyasida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gadjet bo‘ldi, u kuchli texnik parametrlar va ilg‘or qo‘sh kamera bilan ta’minlandi.
Biroq smartfonning sotuvlari boshlangach, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, foydalanuvchilar asosiy kamera modulining juda tez sinib ketayotganligi, zarbalarga chidamsizligidan shikoyat qilishdi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, kamera shishalari kuchsiz jismoniy bosimsiz yoki chaqnoqning uzoq yonishidan chatnaganligi borasida turli mijozlar xabar qilishgan. Biroq ushbu sabablarning aniqligi shubha ostidi. Chunki kamera chaqnog‘i o‘zidan yuqori harorat chiqarmaydi. Nima bo‘lganda ham, model kamerasida biror defekt mavjud bo‘lsa kerak. Soha bloggerlari ham smartfonni xarid qilgach, kamerani maxsus qoplam bilan qoplashni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»