Xitoy parlamenti kiberxavfsizlikka doir yangi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.
Ta’kidlanishicha, hujjat Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasining sessiyasida muhokama etilgan. Sinxua agentligiga ko‘ra, bu qonun huquq-tartibot idoralariga Xitoy axborot infratuzilmalarida qo‘poruvchilik qilishda gumon qilingan xorijiy shaxs va tashkilotlarning hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonun Xitoyning mahalliy IT-sohasini himoya qilishga qaratilgan. G‘arb OAV fikricha, bu hujjat, o‘z navbatida, xitoyliklarning xorij mahsulotlarini xarid qilish xohishini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Oktyabr oyi boshlarida XXR raisi Si Szinpin Xitoyning o‘z internet tizimlarini barpo etishni tezlatish zarurligi haqida gapirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin