Samsung Galaxy S8 modelining global taqdimoti taxminan ikki oyga ortga surilib, 2017 yilning aprel oyida o‘tkazilishi mumkin.
Samsung avvalroq Apple Siri mualliflarining Viv Labs startapini xarid qilgan edi. Startap Samsung qurilmalari uchun ovozli yordamli (sun’iy intellekt bazasida ishlaydigan) tayyorlashi rejalashtirilgan edi. Shu yaqin kunlarda internet tarmog‘idagi etakchi texnologiya nashrlarida paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 flagmani aynan mana shunday funksiya bilan ta’minlanar ekan. Eng qizig‘i shundaki, mazkur raqamli yordamchining dasturi ochiq platformada bo‘lib, mustaqil ilova dasturchilari o‘z servislarini u bilan integrasiyalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tarmoqda tarqalgan xabarlarda Samsung Galaxy S8 bevosita displeyga sozlangan optik barmoq izi skaneriga ega bo‘lishi yozilgan edi. Hozircha modelning aniq texnik parametrlari haqida gapirishga biroz erta. Lekin shu narsa aniqki, Galaxy Note 7 bilan yuz bergan salbiy hodisadan keyin Janubiy Koreya giganti navbatdagi flagmanni butun mehrini bergan holda ishlab chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?