01:31 / 09.11.2016
6 581

Metall korpus va Super AMOLED ekranli Moto M namoyish etildi

Metall korpus va Super AMOLED ekranli Moto M namoyish etildi

Terabayt.uz saytining yozishicha, Lenovo kompaniyasi Xitoyda metall korpusli Moto M smartfonini rasman taqdim qildi. Ushbu smartfonning avvalroq Kung-Fu loyiha nomi ostidagi ba’zi renderlari e’lon qilingan edi. Telefon metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri orqa panelga joylangan. Suv qaytaradigan P2i qoplamiga ega.

Moto M 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi Super AMOLED ekran, 16 MPli fazali avtofokus va ikki xil rangdagi chaqnoq bilan ta’minlangan asosiy hamda 8 MPli old kamera bilan jihozlangan.


Qurilma takt chastotasi 2,2 GGs bo‘lgan sakkiz yadroli MediaTek Helio P15 (Mali T860MP2 grafikasi bilan) prosessorida ishlaydi, operativ xotiraning sig‘imi – 4 GB. Doimiy xotira esa 32 GB bo‘lib, uni microSD-karta yordamida 128 GBgacha kengaytirish imkoniyati mavjud. Model sig‘imi 3050 mA/st bo‘lgan tezkor zaryadlash funksiyasiga ega akkumulyatordan quvvatlanadi.

Moto M tillarang va kumushrang versiyalarda sotuvga chiqariladi. Smartfonning sotuvlari 11 noyabrda Xitoyda boshlanadi. Narxi – 294 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Metall korpus va Super AMOLED ekranli Moto M namoyish etildi