18:20 / 10.11.2016
6 132

“VimpelCom” AQShda o‘zining 20 yillik listingini nishonlamoqda

“VimpelCom” AQShda o‘zining 20 yillik listingini nishonlamoqda

Amsterdam (10 noyabr 2016 yil) – “VimpelCom” (NASDAQ: VIP) bugun NASDAQda AQShdagi ilk koritovka kunidan 20 yil belgisi bilan o‘z savdosini boshladi.

“VimpelCom” ilk bor Nyu-York fond birjasida 1996 yilda muomalada bo‘lgan, NASDAQ birjasiga kelishdan avval dunyodagi eng innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik kompaniyalar orasida o‘z o‘rnini egallash uchun. So‘ngi 20 yil mobaynida kompaniyaning novatorligi o‘z bozorlarida yangi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Bugun “VimpelCom” Evropa, Evrosiyo, Afrika va Osiyo bozorlaridagi 200 milliondan ziyod mijozlarga ega dunyodagi eng yirik telekommunikatsion va texnologik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Jan-Iv Sharle, “VimpelCom” Bosh direktori: "Bu juda muhim bosqich, va “VimpelCom” bundan g‘ururlanadi. So‘ngi 20 yil mobaynida bizning muvaffaqiyatlarimizni yanada mustahkamlagan novatorlik ruhi, raqamli texnologiyalar etakchisiga aylanish yo‘lida hali ham olib bormoqda. So‘ngi 15 oy mobaynida biz etishgan taraqqiyot bizda mustahkam negiz borligidan dalolat beradi”.

O‘zining tadbirkorlik merosiga rioya qilgan holda, “VimpelCom” raqamli sohaga eng yirik transformasiya dasturi doirasida kirib keldi. Shu yili “VimpelCom” mijozlarni yangi digital-platformaga jalb etishda auditoriya bilan yangicha muloqot qilish uchun o‘zining IT-infrastrukturasini yagona va global raqamli stekga qayta tashkil etish haqida e’lon qilgan edi.

“VimpelCom” shuningdek o‘z korxonalarini rasionaliztsiya qilish bo‘yicha sezilarli taraqqiyotga erishdi, Italiyada qo‘shma korxona ashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni muvaffaqiyatli yakunladi, shuningdek bozordagi etkchi o‘rinlarni ta’minlash uchun Pokistonda qo‘shilish jarayonini tashkillashtirdi. Bu esa jarayonlarni globallashtiradi va osonlashtiradi, bu o‘z navbatida mustahkam boshqaruv va tashkilot bo‘yicha moslik modelini ta’minlaydi va guruh ishini eng yuqori halqaro standartlarda olib borilishini ta’minlaydi.

Ogi Fabela, hammuassisi va faxriy rais: “24 yil burun biz andayin tadbirkorlik g‘ayrati bilan kompaniyani tashkil etgan bo‘lsak, “VimpelCom” butun industriyaning faoliyatini o‘zining raqamli transformasiyasining ambitsioz strategiyasi bilan yangi formatga o‘tkazmoqda. Texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlar shu erda, buyuk Nyu-York shahrida NASDAQ indeksini kotirovkalaring bir qismiga aylanishni orzu qiladilar. Biz 20 yil avval shu birjada paydo bo‘lganimizdan g‘ururlanamiz, va bugun bizning har bir mutaxassisimiz butun dunyodagi bozorlarimizda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda innovatsiyalarni joriy qilish bo‘yicha o‘zini bag‘ishlaydi”.

NASDAQ birjasida savdolarning yakunlanishi haqida jonli translyasiyani 11 noyabr kuni soat 02:45-03:00 da quyidagi havolalar orqali ko‘rish mumkin:
https://new.livestream.com/nasdaq/live va https://www.nasdaq.com/about/marketsitetowervideo.asx

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » “VimpelCom” AQShda o‘zining 20 yillik listingini nishonlamoqda