Google kompaniyasi yaqinda dasturchilar uchun o‘tkazilgan Chrome Dev Summit 2016 konferensiyasida birinchi marta Chrome brauzerining o‘rnatilish qo‘lamiga aniqlik kiritdi.
Chrome Engineering bo‘limi vise-prezidenti Derin Fisherning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab Chrome brauzeri o‘rnatilgan qurilmalarning soni 2 milliardan ortiqdir. Terabayt.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Google bundan avval Chrome brauzerining qancha gadjetlarga o‘rnatilishiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqatgina shu yilning aprel oyida Chrome brauzerining mobil ilovasini oyiga 1 milliardga yaqin foydalanuvchilar ishlatishi borasida xabar berilgan, xolos.
Google kompaniyasining hozirda foydalanuvchilar bazasi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan 7 ta mahsuloti mavjud. Bular: Gmail, Android, Chrome, Maps, Search, YouTube va Google Play resursidir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi