Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi tez orada mobil qurilmalarga mo‘ljallangan barmoq izi skanerlarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Ayni vaqtda mazkur sohada AQShning Synaptics va Shvesiyaning FPC kompaniyalari dunyoda yaqqol peshqadamlik qilmoqdalar. Bu haqda Terabayt.uz sayti yozmoqda.
Samsung bunday skanerlarni o‘tgan yilning so‘nggi choragida ishlab chiqishni boshlagan edi. 2017 yilda esa Janubiy Koreya texnologiya giganti skanerlarni sotishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Kompaniya o‘zi yaratgan barmoq izi skanerlarini avvaliga arzon va o‘rtacha narxli smartfonlariga tatbiq etmoqchi. Skanerlar amalda sinalgach, ularni S va Note seriyasidagi flagmanlarga ham o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Samsung mazkur skanerning faqat chip qismini yaratgan, qolgan modul va barmoq izini qayta ishlash algoritmi boshqa firmalar tomonidan tayyorlanadi. Dasturiy ta’minot Shvesiyaning Precise Biometrics kompaniyasi tomonidan yaratiladi. Hozirda Samsung o‘z smartfonlariga Synaptics firmasiga qarashli skanerlarni o‘rnatib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi