16:43 / 21.11.2016
7 243

Eng muammoli smartfonlar aniqlandi

Blannco Technology Group tahliliy kompaniyasi smartfon va planshetlarda qanchalik tez-tez nosozliklar yuzaga kelishini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqoti natijalarini e’lon qildi, deb yozadi «Daryo». Mutaxassislar iPhone’larda muammolar Android-gadjetlarga qaraganda ko‘proq kuzatilishini ma’lum qildi va antireyting etakchilarini oshkor etdi.
Eng muammoli smartfonlar aniqlandi

Mutaxassislar ham dasturiy ta’minot (to‘satdan «osilib qolish» yoki dasturlarning yopilib qolishi), ham qurilma bilan bog‘liq nosozliklarni (signal yo‘qolishi, kuchli qizib ketish) hisobga oldi. 2016 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ular iOS va Android-gadjetlarda yuzaga keladigan muammolar soni, shuningdek, muayyan nosozliklar tezligini taqqosladi.

Tadqiq qilingan Apple qurilmalarining 62 foizida nosozliklar kuzatilgan bo‘lsa, muammoli Android-gadjetlar ulushi 47 foizni tashkil etdi. iOS-qurilmalar orasida nosozliklarning eng katta qismi (13 foizi) iPhone 6’da qayd etildi, antireytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini iPhone 5S va iPhone 6S (9 foizdan) egalladi. iPhone 7 va 7 Plus kechroq chiqqani uchun reytingga kirmadi, eng barqaror qurilmalardan biri esa iPhone 4S bo‘lib chiqdi — ushbu model bilan bog‘liq muammolar barcha holatlarning bor-yo‘g‘i 2 foizini tashkil etdi.

Android-qurilmalar ichida esa eng muammoli smartfon LeEco Le2 deb topildi. Ikkinchi o‘rinni Xiaomi Redmi 3S va Redmi Note 3 egalladi — ularning hissasiga muammolar umumiy sonining 9 foizi to‘g‘ri keldi. Samsung Galaxy S7 edge to‘rtinchi o‘rinda joylashdi.

Shuningdek, tadqiqotchilar nosozliklar xususiyati va eng muammoli dasturlar bo‘yicha reytinglar tuzdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng muammoli smartfonlar aniqlandi