17:16 / 25.11.2016
6 836

Odnoklassniki ijtimoiy tizim orqali mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

Odnoklassniki ijtimoiy tizim orqali mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

Odnoklassnikida guruhlar orqali mahsulotlar va xizmatlarni sotish uchun sozlanma paydo bo‘ldi. Mahsulotni ochiq guruhda post ko‘rinishida e’lon joylashtirgan holda sotish mumkin. Mahsulotlarni sotish uchun ishga tushirilgan sozlanma — ijtimoiy tizimning klassifaydlar hududidagi ilk qadamidir.

«OK auditoriyasi bir oyda ijtimoiy tizimdan turli maqsadlarda foydalanuvchi 73 mln. foydalanuvchilardan iborat. Bizda anchadan beri mahsulotlar va xizmatlar sotish haqida e’lonlarni joylovchi kichik biznes va mahalliy guruhlar bor. Biz ushbu yo‘nalishni tartib bilan ishlovchi va shaffof qilishga, tizimlashtirishga qaror qildik» - dedi Odnoklassniki loyihasi rahbar Anton Fedchin.

Odnoklassniki kelajakda Mail.Ru Groupning «Yula» tizimi bilan integrasiya imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va ijtimoiy tizim doirasida ushbu sozlanmani alohida yo‘nalishga aylantirishga yordam beruvchi bir qator yangi sinovlarni rejalashtirmoqdalar.

Mahsulotlar yoki xizmatlar sotuvi haqidagi postlar bepul joylashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki ijtimoiy tizim orqali mahsulotlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi