14:21 / 26.11.2016
6 445

Meizu birinchi planshetini chiqaradi

Meizu birinchi planshetini chiqaradi

Xitoyning arzon narxli va kuchli texnik parametrlarga ega smartfonlar ishlab chiqaruvchi Meizu kompaniyasi 2014 yilda o‘zining ilk planshetini taqdim etishi kerak edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra firma planshetlar tayyorlashni orqaga surib keldi.

Yaqinda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti Yang Yan Flyme interfeysiga bag‘ishlangan konferensiyada Meizu planshetlar uchun mazkur dastur versiyasini yaratayotgani haqida so‘z yuritgan edi.

IXBT saytining yozishicha, Meizu bundan bir muddat ilgari Xitoydagi eng mashhur mikroblog – Weibo resursida o‘zining planshetlarga ajratilgan sahifasini ochgan. Sahifaning birinchi postida planshetlarga mo‘ljallangan Flyme OS tizeri o‘rin oldi.

Hozircha Meizu chiqaradigan planshetlar borasida qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, ular Meizu X smartfoni bilan birgalikda namoyish etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Meizu birinchi planshetini chiqaradi