14:24 / 26.11.2016
6 528

Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi

Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi

Bundan bir hafta ilgari saytimizda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Qualcomm Technologies bilan hamkorlikda butunlay yangi texnologiyada ishlangan Snapdragon 835 prosessorini taqdim qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Kuni kecha esa IHS kompaniyasining rahbari va analitik Kevin Vong o‘zining Weibo resursidagi sahifasida Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Terabayt saytining qayd etishicha, Samsung firmasiga qarashli 10 nanometrli FibFET texnoprosessi asosida yaratilgan chipsetda ishlaydigan Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 flagmanlari 2017 yilda sotuvga chiqadi. chipset 14 nm-li prosessorlarga qaraganda 27% samaraliroq ishlaydi, quvvat iste’moli esa 40 foizga kamroqdir. Sanoatda Snapdragon 835 chipsetining ishlab chiqarilishi mobil prosessorlarning hajmini sezilarli darajada kichraytirdi, bu esa telefonga yanada yirikroq sig‘imli batareyalarni qo‘llash imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi