Los-Anjelesda joylashgan RoMeLa laboratoriyasi olimlari antiqa robot BALLU’ni loyihalashtirishdi. Bu robot oyoqlarga ega havo sharidan iborat, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Insonga o‘xshash robotlar katta vazni sababli oyoqda yaxshi tura olmaydi. Katta mashina ag‘darilsa, ishdan chiqishi mumkin. Boston Dynamics kompaniyasining robotlari barqarorligi bilan ancha farqlanadi, ularda 4 ta mexanik oyoq bor.
BALLU esa havo shariga mahkamlangan ikkita oyoqdan iborat. Robotning mexanik tovonida barcha elektronika va akkumulyator joylashtirilgan. Robot konstruksiyasi havodan og‘irroq va shu hisobiga muvozanatini ushlay oladi. Robot masofadan turib boshqariladi.
Oyoqlarga ega havo shari istalgan tomonga yura oladi, sakraydi va zinalardan ko‘tarila oladi. BALLU hattoki suv ustidan yura oladi va balandlikdan sakray oladi. Biroq robot konstruksiyasining yengilligi uni shamolda boshqarishga imkon bermaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi