Ma’lumki, yirik kompaniyalar o‘z raqobatchilarining xodimlarini ishga yollash masalasiga jiddiy ishtiyoq bilan qarashadi. Sababi katta tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassis kompaniyani butunlay yangi darajaga ko‘tarishi mumkin.
Yaqinda AQShning Tesla Motors kompaniyasi IT-gigant Microsoft‘da etakchi diayner sifatida faoliyat yuritgan Endryu Kimni ishga yollab, uni bosh dizayner lavozimiga tayinladi. Endryu Kim Microsoft HoloLens loyihasi ustida uch yildan ko‘proq mehnat qilgan. Shuningdek, u Xbox One S pristavkasini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Hozircha Kim avtomobil kompaniyasida qaysi loyihalar bilan shug‘ullanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, elektromobil ishlab chiqarishda yangi davrni ochib bergan Tesla Motors firmasiga uning iste’dodi juda katta manfaat keltirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Toshkentda yig‘ilgan tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi