Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu M5 Note smartfonini 6 dekabrda taqdim etishga qaror qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Avvalroq tarmoqda kuzatilgan ma’lumotlarda ushbu smartfon 30 noyabrda namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra ishlab chiqaruvchi taqdimotni bir necha kunga kechiktirgan.
Xitoy telekommunikasiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida qayd etilgan smartfonga doir tafsilotlarga qaraganda, model 5,5 dyuymli FHD ekran, sakkiz yadroli Helio P10 prosessori, 2/3/4 GB operativ, 16/32/64 GB (uch xil modifikasiyada) doimiy xotira, 13 va 5 MPli kameralarga ega bo‘ladi. Akkumulyatorning sig‘imi ancha yirik – 4000 mA/soat. Hozircha smartfonning narxi noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra uning eng arzon versiyasi (2/16 GB) 130 dollar atrofida sotilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar