Samsung Galaxy S8 haqida so‘nggi paytlarda internet tarmog‘ida ancha ko‘p tafsilotlar e’lon qilinmoqda. Hatto yaqinda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarning birida ushbu flagmanning taxminiy suratlari ham paydo bo‘lgan edi.
Kecha Janubiy Koreyaning IT sohasiga doir yangiliklarni yoritadigan KoreaIT News caytida Samsung Galaxy S8 modeliga tegishli yana bir yangilik haqida xabar berildi. Nashrda yozilishicha, Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmani avtofokus funksiyaga ega selfi kamera bilan jihozlanishi mumkin ekan. Umuman olganda, bu funksiya smartfon sanoatida yangilik emas, biroq juda kam uchrashini tan olish lozim.
Shuningdek, kamera modulining hajmini kamaytirish maqsadida Samsung yangi smartfonda boshqa turdagi aktuatordan foydanishni rejalashtirgan. Hozircha model kamerasi haqida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi