MasterCard kompaniyasi tranzaksiyalarni firibgarlikdan himoya qilishga xizmat qiladigan Decision Intelligence nomli servisni ishga tushirdi. Servis sun’iy intellekt texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu servisni to‘lov tarmog‘iga joriy qilish real vaqt doirasida trakzaksiyalar aniqligini oshiradi va firibgarlik holatlarini bir qadar kamaytiradi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz.
Decision Intelligence, MasterCard‘ning qayd etishicha, bevosita to‘lov tizimlariga tatbiq etilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan birinchi servis hisoblanadi. Avvaldan sozlangan qoidalar bo‘yicha ishlaydigan an’anaviy tekshiruv tizimlariga qaraganda, Decision Intelligence turli omillarni hisobga olish, shu bilan birga, avtomatik tarzda o‘rganib borish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Oddiyroq qilib tushuntirsak, har bir tranzaksiyadan keyin servisning imkoniyatlari oshib boraveradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi