Sir emas, xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilar ba’zida kutilmagan xususiyatga ega qurilmalar bilan barchani hayron qoldirishadi. Bu gal hali unchalik yaxshi tanilmagan Xitoyning YAAO kompaniyasi kuchli batareya bilan jihozlangan YAAO 6000 Plus smartfonini namoyish etdi.
Terabayt sayti yozishicha, YAAO 6000 Plus modeliga 5,5 dyuymli HD (720 x 1280 piksel) ekran, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma to‘rt yadroli MediaTek MT6735 prosessorida ishlaydi. Operativ xotirasining sig‘imi 1 GB. Shuningdek, 16 GBli ichki xotira ham ko‘zda tutilgan.
Qurilma Alibaba tomonidan Android bazasida yaratilgan YunOS dasturida faoliyat ko‘rsatadi. Ikkita SIM-karta ishi va LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. YAAO 6000 Plus 5 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Narxi 218 dollar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?