Qualcomm Snapdragon prosessorlarida ishlaydigan ilk kompyuterlar kelgusi yilda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Bu haqda Microsoft va Qualcomm kompaniyalari kuni kecha o‘tkazilgan WinHEC 2016 konferensiyasida ma’lum qilganlar. Snapdragon 835 Windows 10 dasturiga butunlay mos keladi va bu omil ARM-prosessorlarning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchilar mobil gadjetlarda ushbu prosessor yordamida Windows dasturlari, jumladan, Win32 dasturlarini (MS Office, Adobe Photoshop va o‘yinlar) ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayon yangi emulyator orqali amalga oshiriladi. Qualcomm Snapdragon chiplari Windows qurilmalariga Wi-Fi va LTE, 5G, eSIM, barmoq izi skaneri va tezkor zaryadlash kabi funksiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday chiplar faol sovutish talab etilmaydigan va ishlash muddati uzoq bo‘lgan ixcham devayslar tayyorlashga yo‘l ochadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi