15:14 / 10.12.2016
6 667

ASUS 6,9 dyuymli ekranga ega yirik smartfonni sotuvga chiqaradi

ASUS 6,9 dyuymli ekranga ega yirik smartfonni sotuvga chiqaradi

Shu kungacha 6,8 dyuymli Zenfone 3 Ultra modeli ASUS kompaniyasining eng yirik ekranli smartfoni hisoblanar edi. Biroq tayvanlik kompaniya kuni kecha bundan-da kattaroq ekranga ega bo‘lgan 6.9 dyuymli Zenfone Go ZB690KG modelini namoyish etdi.

Biroq garchi juda yirik hajmda tayyorlangan bo‘lsa-da, mazkur yirik ekranli model flagman qurilmalar qatoriga kirmaydi. Gadjet to‘rt yadroli takt chastotasi 1,2 GGs bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 200 prosessori, 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotira bilan jihozlangan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

ASUS Zenfone Go ZB690KG displeyining aniqligi – 1024 x 600 piksel, microSD-slot, 8 MPli asosiy va 2 Mpli old kameraga ega. Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 interfeyslari, 3G tarmoqni qo‘llab-quvvatlaydi. Batareyasining sig‘imi – 3480 mA/soat. Og‘irligi 265 gramm, o‘lchamlari — 101,4 × 187,96 × 8,85 mm.

Gadjetning narxi hozircha ma’lum qilinmagan. Biroq bunday texnik parametrlarga ega smartfonning narxi qimmat bo‘lishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ASUS 6,9 dyuymli ekranga ega yirik smartfonni sotuvga chiqaradi