So‘nggi paytlarda Samsung Galaxy S8 haqida bir qator tafsilotlar ma’lum qilinmoqda. Jumladan, bundan bir necha avval modelning 2K ekranga ega bo‘lishi va unda an’anaviy Home tugmasidan voz kechilishi borasida xabar yozgan edik.
Terabayt.uz sayti yozishicha, yaqinda GSM Arena saytida yuqoridagilardan ham qiziq ma’lumot paydo bo‘lgan. Gap shundaki, Janubiy Koreya kompaniyasining navbatdagi flagmanida ham xuddi iPhone 7 singari 3,5 millimetrli audioslot mavjud bo‘lmaydi. Buning o‘rniga modelda USB Type-C sloti ko‘zda tutiladi. Bu degani telefonga naushnikni ulash uchun foydalanuvchi maxsus adapterni ishlatishi kerak bo‘ladi. 3,5 millimetrli audioslot qurilmadan olib tashlash nafaqat uni yupqaroq qilishga, balki sig‘imi kattaroq batareya o‘rnatishga ham imkon beradi.
Aytishlaricha, Samsung Galaxy S8 Harman tomonidan tayyorlangan stereodinamiklar bilan jihozlanar ekan. Agar ushbu xabar rost bo‘lib chiqsa, model ancha sifatli audio darajasiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi