14:33 / 14.12.2016
6 388

Microsoft Cortana ovozli assistentini sovutgich va tosterlarga sozlamoqchi

Microsoft Cortana ovozli assistentini sovutgich va tosterlarga sozlamoqchi

Microsoft kompaniyasi Cortana ovozli assistentini internetga ulanishi mumkin bo‘lgan maishiy texnika vositalariga sozlashga qaror qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Bunday funksiya mazkur qurilmalarni masofadan boshqarish imkoniyatini beradi.

Microsoft rasmiylaridan biri bo‘lgan Karl Foresterning so‘zlariga ko‘ra, Cortana assistentini displeyga ega bo‘lgan istalgan maishiy texnika vositasiga tatbiq etish mumkin.

Yaqinda Xitoyda o‘tkazilgan WinHEC konferensiyasida Microsoft Cortana o‘rnatilgan sovutgich, toster va termostatning namunalari namoyish etilgan. AQSh firmasi 2017 yilning mart oyida Cortana ovozli boshqaruviga asoslangan ilk uy qurilmalarini taqdim etishni rejalashtirgan.

Nashrning yozishicha, Microsoft o‘zi bunday maishiy texnika jihozlarini ishlab chiqarmaydi, balki ularni tayyorlaydigan brendlar bilan bu borada hamkorlik o‘rnatib, qurilmalarga ovozli assistentni joriy qilish maqsadida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Cortana ovozli assistentini sovutgich va tosterlarga sozlamoqchi