HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida ikkita yangi telefonni taqdim etdi, deb yozadi «Daryo». Bular Nokia 150 va uning ikkita SIM-kartali versiyasi Nokia 150 Dual SIM bo‘ldi.
Nokia 150 2,4 dyuymli va 240×320 pikselli displey, yorug‘lik diodli vspishkasi bo‘lgan bitta VGA kamerasi, hajmi 32 gigabaytgacha bo‘lgan microSD xotira kartasi uchun slot va 1020 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, avtonom rejimda Nokia 150 suhbat rejimida 22 soatgacha, kutish rejimida esa 31 kungacha ishlashi mumkin. Nokia 150 Dual SIM esa kutish rejimida 25 kun ishlay oladi.
Ko‘ngilochar funksiyalardan yangi Nokia telefonlarida FM radio va MP3 pleer, shuningdek, «Ilon» kabi klassik o‘yinlar o‘rnatilgan.
Ikkala model uchun ham tavsiya etilgan narx 26 dollarni tashkil qiladi. Qurilmalar 2017 yilda Evropa, Osiyo va Afrikada sotuvga chiqishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi