14:36 / 16.12.2016
6 343

LG 4K formatli HDR funksiyasiga ega monitorlarni namoyish qilmoqchi

LG 4K formatli HDR funksiyasiga ega monitorlarni namoyish qilmoqchi

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi keyingi oyning boshida o‘tkaziladigan CES 2017 xalqaro ko‘rgazmasida 4K formatidagi HDR funksiyasiga ega monitorlarni taqdim qiladi, deya xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

LG jami 3 ta mana shunday monitorlarni iste’molchilar e’tiboriga havola etmoqchi. Birinchi monitor UHD formatidagi (3840x2160) HDR10 funksiyasini qo‘llab quvvatlaydigan 32 dyuymli ekran bilan jihozlanadi, ikkinchi model esa Chromecast opsiyasiga 34 dyuymli UltraWide LG 34UM79M ekran bilan ta’minlanadi. Shuningdek, yana bitta 34 dyuymli LG 34UC99 o‘yin monitori ham qatordan o‘rin oladi.

HDR funksiyasi monitor ekranida yorqinlik darajasini oshirib, yanada sifatli namoyishni ta’minlaydi, bu esa monitordagi eng muhim xususiyat hisoblanadi. Modellarga USB Type-C porti va IPS matrisa o‘rnatiladi.

Hozircha monitorlarning narxi ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG 4K formatli HDR funksiyasiga ega monitorlarni namoyish qilmoqchi