14:39 / 16.12.2016
5 867

Apple BeatsX garniturasi bir necha oy kechroq sotuvga chiqishini tasdiqladi

Apple BeatsX garniturasi bir necha oy kechroq sotuvga chiqishini tasdiqladi

Apple kompaniyasi bir necha oylik kechikishdan keyin yaqinda Airpods simsiz naushniklarini sotuvga chiqardi. Biroq joriy yilning sentyabr oyida namoyish qilingan BeatsX garniturasi 2016 yilda rastalarga chiqmasligi ma’lum qilindi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Apple kompaniyasi bergan xabarga ko‘ra, BeatsX garniturasini etkazib berish ishlari 2017 yilning fevral oyida boshlanadi.

Hozircha Apple BeatsX garniturasining kechiktirish sabablariga aniqlik kiritmagan. Ko‘pchilik bunga so‘nggi Apple garnituralariga o‘rnatilgan Apple W1 chiplarini sabab sifatida keltirmoqda. Biroq mutaxassislar chiplarning butunlay soz ishlashini aytishmoqda. Ushbu chiplar audiopleer bilan audioqurilma o‘rtasida mustahkam aloqani ta’minlaydi.

Apple Airpods singari BeatsX garniturasi ham Bluetooth ulanishi qo‘llab-quvvatlaydi. BeatsX garniturasi taxminan 149 dollar atrofida sotilishi qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple BeatsX garniturasi bir necha oy kechroq sotuvga chiqishini tasdiqladi