23:55 / 24.12.2016
7 027

Google Android Wear 2.0 dasturida ishlaydigan ikkita aqlli soat chiqaradi

Google Android Wear 2.0 dasturida ishlaydigan ikkita aqlli soat chiqaradi

Google kompaniyasi yildan-yilga qurilmalar ishlab chiqarish biznesiga ham kirib kelmoqda. Bunga joriy yilda HTC bilan hamkorlikda yaratilgan Pixel va Pixel XL smartfonlari, shuningdek, bir qator boshqa qurilmalarni misol qilish mumkin.

Terabayt saytining yozishicha, qidiruv giganti 2017 yilning boshlarida Android Wear 2.0 dasturida ishlaydigan ikkita aqlli soatni ham namoyish qilishni rejalashtirgan. Ushbu soatlarga ham ishlab chiqaruvchi kompaniya logotipi emas, balki Google’ning logotipi tushiriladi.

Hozircha Google bu borada hamkorlik qiladigan kompaniyaning nomi oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Android Wear 2.0 dasturining relizi keyingi oyda chiqarilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Android Wear 2.0 dasturida ishlaydigan ikkita aqlli soat chiqaradi