19:12 / 16.04.2015
6 740

Galaxy S6 Edge tannarxi iPhone 6 Plus tannarxidan 50 dollar qimmatroqligi ma’lum bo‘ldi

Galaxy S6 Edge tannarxi iPhone 6 Plus tannarxidan 50 dollar qimmatroqligi ma’lum bo‘ldi

IHS tahlilchilari Samsung Galaxy S6 Edge smartfonini batafsil demontaj qilib, displeyi ikki tomoniga tushib turadigan bu flagman smartfonining tannarxi iPhone 6 Plus smartfoninikidan qimmatroq ekanini aniqlashdi.

Mutaxassislarning baholashicha, 64 Gbayt xotiraga ega Galaxy S6 Edge smartfonini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallarning umumiy narxi deyarli 285 dollarni tashkil qiladi. Qurilmani yig‘ishga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olganda, uning tannarxi 290 dollarni tashqil qiladi.

AQShda Galaxy S6 Edge’ning chakana narxi 800 dollarni tashkil qiladi. Qiyoslash uchun, bitta dona iPhone 6 Plus’ni ishlab chiqarish Apple’ga 240 dollarga aylanadi, smartfon do‘konlarda 850 dollardan sotiladi. Ta’kidlash joizki, mutaxassislar o‘zlarining hisobotlarida ishlab chiqaruvchilarning reklama, tadqiqot va qurilmalarga dasturlar ishlab chiqarishga va boshqalarga sarflagan xarajatlarini hisobga olishmagan.

Galaxy S6 Edge’ning egilib turadigan Super AMOLED displeyi Samsung tomonidan ishlab chiqarilishiga qaramasdan, uning eng qimmat komponenti hisoblanadi. Bunday panel 85 dollar, ya’ni Galaxy S6 smartfonining oddiy ekranidan 24 dollar, iPhone 6 Plus ekrani tannarxidan ikki barobar qimmatroq turadi.

Galaxy S6 Edge’ning Exynos 7 prosessori, DRAM-moduli va 64 Gbayt li flesh-xotirasi mos ravshida 29,5 dollar, 27,5 dollar va 25 dollarni tashkil qiladi. Smartfon Samsung’ning eng qimmat qurilmasi hisoblanadi. Mutaxassislar avvalgi yilda chiqqan Galaxy S5’ning tannarxi 256 dollarni tashkil qilganini aytishgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Galaxy S6 Edge tannarxi iPhone 6 Plus tannarxidan 50 dollar qimmatroqligi ma’lum bo‘ldi