13:21 / 26.12.2016
6 596

Kuba noutbuk va planshetlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Kuba noutbuk va planshetlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Kuba respublikasi Core i3, Celeron va Core i5 prosessorlari bazasida noutbuk va planshetlarni ishlab chiqaradi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

Kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni Kuba informatika sanoat korxonasiga tegishli fabrika yo‘lga qo‘ydi.

Zavodda sakkiz va o‘n dyuymli diagonalga ega ikki xil modeldagi planshetlarni chiqarish ko‘zda tutilgan. O‘n dyuymli versiyasi klaviatura bilan birga sotiladi.

Ishlab chiqaruvchilar kompyuterlarning uzoq vaqt xizmat qilishi uchun, mahalliy iqlim sharoitlarini, xususan, yuqori namlik darajasini hisobga oldi. Testlar chog‘ida ishlab chiquvchilar 27 ta turli sinovlarni o‘tkazdi.

Yig‘ish sexi kuniga 500 tagacha elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2017 yilda yangi korxona 120 mingga yaqin mahsulot ishlab chiqaradi, ular birinchi bosqichda mahalliy hukumat va ta’lim muassasalariga etkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kuba noutbuk va planshetlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi