19:44 / 16.04.2015
8 763

USAID o‘zbekistonlik fermerlar uchun ilova-dastur ishlab chiqdi

USAID o‘zbekistonlik fermerlar uchun ilova-dastur ishlab chiqdi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) uzumchilik va bog‘dorchilik sohasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fermerlari uchun mo‘ljallangan MEVA (Mobile Extension Value Added) nomli ilova-dasturni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

AQSh elchixonasi press-relizida ma’lum qilinishicha, Android qurilmalar uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilidagi bepul ilova-dastur intensiv bog‘dorchilikni olib borish borasidagi axborotga bo‘lgan yuqori talabni qondirishga mo‘ljallangan.

Datasite Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan MEVA dasturida ilg‘or agrotexnik texnologiyalar, meva navlarini optimal tanlash, kerakli uskunalarni xarid qilish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash, tokzorlar va bog‘larni parvarishlash, shuningdek, intensiv bog‘larni rivojlantirishda investisiyalarni rejalashtirish haqida batafsil axborot bor.

Ilova dasturdagi axborot interativ displeylar va fotosuratlar, moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun moslashtirilgan “kalkulyatorlar”, shuningdek, qo‘shimcha manbalarga havolalar yordamida taqdim etilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » USAID o‘zbekistonlik fermerlar uchun ilova-dastur ishlab chiqdi