21:30 / 27.12.2016
7 931

AQShda dronlar uchun ko‘ylaklar sotila boshlandi

AQShda dronlar uchun ko‘ylaklar sotila boshlandi

San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida istiqomat qiladigan Deniel Baskin ismli dizayner dronlar uchun haroratni saqlaydigan va batareya zaryadini tejaydigan turli ko‘ylaklarni namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

“Hammasi hazildan boshlandi. Biroq sovuq o‘lkalarda yashaydigan dron egalari menga qish faslida qurilmaning zaryadi tez tugab qolayotgani haqida gapirgan edilar. Shu tarzda mobil isitgichlar bilan ta’minlangan dron ko‘ylaklarini ishlab chiqdik”, — deydi dizayner.

Ayni paytda ko‘ylakning narxi 189 dollarni tashkil qiladi.

Deniel Baskin noodatiy dizayn ishlari bilan yaxshi tanilgan. Masalan, u avvalroq Pluton yuzasi aks etgan gobelenlar va uch g‘ildirakli velosipedlarda harakatlanadigan do‘konlar dizaynini yaratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQShda dronlar uchun ko‘ylaklar sotila boshlandi