21:38 / 28.12.2016
5 957

Samsung navbatdagi A seriya smartfonlarining suvdan himoyalanishini tasdiqladi

Samsung navbatdagi A seriya smartfonlarining suvdan himoyalanishini tasdiqladi

Samsung kompaniyasining Malayziyadagi ofisi Twitter mikroblogidagi sahifasida navbatdagi A seriyadagi smartfonlarning anonsini #A2017liveunplanned xeshtegi ostida ma’lum qildi. Tarmoqdagi tizer ushbu seriyadagi yangi smartfonlarning suvdan himoyalanishiga ishora qilmoqda, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning yanvar oyida Galaxy A3 (2017), Galaxy A5 (2017) va Galaxy A7 (2017) modellarining anonsi kutilmoqda. Ular AQShda o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin.

Avvalroq berilgan xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy A (2017) seriyasidagi modellar Always On Display texnologiyasi, IP68 himoya standarti va USB type-C sloti bilan jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung navbatdagi A seriya smartfonlarining suvdan himoyalanishini tasdiqladi