Shu yilning beshinchi oktyabr sanasida AQShning Google kompaniyasi Pixel va Pixel XL smartfonlarini namoyish kilgan edi. Ushbu smartfonlar Nexus seriyasidagi qurilmalardan kuchli texnik parametrlar va nisbatan qimmatroq narxi bilan farqlanib turadi. Garchi Google dasturiy ta’minot borasida etarli tajribaga ega bo‘lsa-da, o‘tgan 3 oy mobaynida yangi Pixel smartfonlariga doir bir nechta nosozlik holatlari qayd etildi, deya yozadi Terabayt.uz sayti.
Agar bundan avvalroq smartfonlar avtomobilga Bluetooth orqali yaxshi ulanmasligi va ularning biridagi kamerada xiralik paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan bo‘lsa, yaqinda har ikkala modeldagi dinamiklarda kuzatilgan nosozlik to‘g‘risida ham ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bu hali hammasi emas. Internetdagi ushbu smartfonlar uchun yaratilgan maxsus forumda bir qator foydalanuvchilar Google Pixel’ning qotib qolishidan shikoyat qilishgan. Bunday holat smartfonda bir necha soniyadan bir daqiqagacha davom etishi mumkin ekan.
Hozircha bunday nosozlik nima sababli sodir bo‘layotgani noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, bu tashqi ilovalar ta’sirida yoki apparat bilan nosozlik tufayli yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi