21:56 / 24.04.2015
6 310

Tvitterda tvitlarni saralab, alohida lenta hosil qiluvchi funksiya yaratildi

Tvitterda tvitlarni saralab, alohida lenta hosil qiluvchi funksiya yaratildi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i yangi Highlights, funksiyasini ishga tushiradi. Unga ko‘ra, sanoqsiz tvitlar lentasini o‘qishga zarurat yo‘q deb hisoblagan foydalanuvchi uchun har kuni ikki marotaba, kunning eng qiziqarli, saralangan tvitlarni taqdim etilib boriladi. Bu haqda Bloomderg'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Twitter Android sistemasi uchun ishlab chiqilgan ilova dasturi foydalanuvchilari maxsus bildirishnomalar avtomatik ravishda o‘rnatiladi va bu orqali foydalanuvchi noodatiy, ijtimoiy tarmoq tomonidan eng muhim va qiziqarli deb topilgan tvitlarni ko‘rsatib turuvchi lentani o‘qishi mumkin bo‘ladi. Hozircha iOS foydalanuvchilari uchun ushbu ilova dastur qachon joriy qilinishiga aniqlik kiritilmagan.

Buning natijasida Twitter o‘z foydalanuvchilarining sonini oshirishga, cheksiz lentani o‘qishga xohishi yo‘q auditoriya uchun eng qiziqarli tvitlar bilan tanishtirib borishni maqsad qilgan. “Biz foydalanuvchilarga lentani bugun tugashi mumkinligi haqida hissiyot bermoqchimiz”deydi Highlights ilovasi dasturlovchisi Todd Jekson.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tvitterda tvitlarni saralab, alohida lenta hosil qiluvchi funksiya yaratildi