LG kompaniyasi G4 smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot CNet sayti tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilindi, deb yozadi Kun.uz.
Smartfon 5.5 dyuymli 2560×1440 nuqtali displey ega bo‘lib, u IPS texnologiyasi asosida yaratilgan; shuningdek, u to‘rtinchi avlod Gorilla Glass oynasi bilan qoplangan. Telefon olti yadroli Qualcomm Snapdragon 808 prosessori hamda 3 GB li operativ xotira bilan ta’minlangan. Apparatning 16 megapikselli kamerasiga lazerli avtofokus o‘rnatilgan.
Smartfonning orqa qopqog‘i teri bilan qoplangan. Shuningdek, uning keramika va plastmassa bilan qoplangan nusxalari chiqarilishi ma’lum qilindi.
Smartfon Koreyada 29 aprel kuni sotuvga chiqariladi. Yangi apparatni boshqa mamlakatlarda xarid qilish imkoniyati qachon paydo bo‘lishi ma’lum qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi