6 668
Google kompaniyasi Chrome uchun parolning o‘g‘irlangani haqida xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi
Google kompaniyasi Chrome brauzeri uchun foydalanuvchinining paroli fishing oqibatida o‘g‘irlangan taqdirda uni bu haqda xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi. Bu haqda The Verge'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
“Password Alert” deb nomlanuvchi bu kengaytmaning ta’rifida foydalanuvchi o‘zining Google xizmatlari uchun parolini accounts.google.com domenidagi sahifadan boshqa bir joyda kiritmoqchi bo‘lgan har bir vaziyatda unga xabar yuborilishi aytilgan.
Bundan tashqari, dastur tashrif buyurilgan sahifalarning HTML-kodini tahlil qilib, ular Google’dan ro‘yxatdan o‘tish shakli ostida ishlashga harakat qilayotganini aniqlashga harakat qiladi.
Google’da foydalanuvchining paroli saqlanmasligini aytishmoqda. Google akkauntida avtorizasiya kengaytmasi o‘rnatilgan lahzadan boshlab dastur parol “piktogrammasi”ni yaratadi va har gal bu piktogrammani foydalanuvchi boshqa istalgan saytda kiritmoqchi bo‘lgan parol bilan solishtiradi.
Foydalanuvchilar bu kengaytma haqida bildirgan fikrlarida u haqiqatda ishlashini aytmoqda.
The Verge’ning ta’kidlashicha, dasturning muammosi shundaki, foydalanuvchi fishing shaklda ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilgandan keyin o‘z parolini yovuz niyatli kimsalar qo‘liga topshirib qo‘ygandan keyingina parolning o‘g‘irlangani haqida xabar beradi. Aks holda dastur barcha bosilgan tugmalarni kuzatuvchi klaviatura josusi sifatida ishlagan bo‘lardi, bu esa xavfsizlik uchun yanada ko‘proq xatar solgan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi