W0rm niki ostida mashhur rossiyalik xaker Sprashivay.ru anonim servisining bazasiga kirib, uning foydalanuvchilariga tegishli 6.7 mln foydalanuvchining parollarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ma’lumotlar internetga ochiq joylashtirilgan, deb yozadi Kun.uz.
Barcha ma’lumotlar joylashgan elektron baza fayl almashish servislaridan biriga joylashtirilgan. Bir qancha odamlar allaqachon ularni ko‘chirib olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jami 6.72 mln parollar jami 178 matnli faylga sig‘dirilgan. Ularning har biri elektron pochta, foydalanuvchining ismi va paroli, IP manzili haqidagi ma’lumotlardan iborat. Ayrim holatlarda ma’lumotlar yanada to‘liqroq. Mutaxassislarning fikricha, Sprashivay.ru servisi ushbu ma’lumotlarni jiddiy tarzda himoyalamagan, shu bois u osonlikcha xakerlar qo‘liga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi