Raspberry Pi kompyuterlari atigi 35 dollardan sotuvga hiqarilgan bir paytda to‘laqonli operasion tizimiga ega 9 dollarlik CHIP kompyuterlari loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda «3Dnews.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Uzunligi 60, kengligi 40 millimetr bo‘lgan platada 1 Ggs chastotada ishlovchi Allwinner A13 prosessori, 512 Megabaytlik DDR3 tezkor xotirasi, 4 Gigabaytlik NAND xotirasi, Wi-Fi va Bluetooth modullari joylashadi. Grafika uchun Mali-400 tezlashtirgichi javob beradi. Shuningdek, VGA va HDMI interfeysli displeylarni ulash mumkin.
CHIP kompyuterlariga Linux operasion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, miniklaviatura, 3000 mA/soatlik batareya, 470x272 pikselli displeydan iborat PocketCHIP moduli ham taqdim etiladi. Kickstarter tarmog‘ida loyiha uchun rejalashtirilgan 50 ming dollar o‘rniga 160 ming dollar yig‘ilgan. Ishlab chiqarish 2016 yil mayidan boshlanishi rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi