O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 aprel kungi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatuvga texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi» to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatida raqamli teleuzatuvga o‘tish amalga oshirildi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar berdi.
Ayni paytda raqamli televidenie signallari Farg‘ona, Qo‘qon va So‘x tumanida joylashgan raqamli uzatkichlar orqali Farg‘ona viloyatining barcha tumanlariga tarqatilmoqda.
Radiochastotali spektrdan yanada samaraliroq foydalanish uchun 2015 yil mayidan Farg‘ona shahrida er usti teleuzatuvi uchun DVB-T2 standarti ishga tushirildi, u 16 ta SD telekanallarini uzatish imkoniyatiga ega.
DVB-T2 raqamli signalini qabul qilish uchun ushbu standartga mos tushuvchi maxsus tyuner kerak bo‘ladi. Bunday tyuner Navoiy viloyatidagi Telecom Innovations qo‘shma korxonasi tomonidan chiqariladi, uni Farg‘ona viloyati «O‘zbektelekom» Akning «Yagona darcha» sotuv ofislaridan olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring