7 500
Apple ning 200 ming dollarlik noyob kompyuterini utilizasiyaga topshirib yuborgan ayol qidirilmoqda
AQShdagi Kremniy vodiysida joylashgan Utilizasiya markazi Apple ishlab chiqargan ilk shaxsiy kompyuterlaridan biri bo‘lgan noyob kompyuterni chiqindi sifatida topshirib yuborgan ayolni qidirmoqda, deb yozmoqda Kun.uz. Ushbu Apple I rusumidagi kompyuterning narxi 200 ming dollarga yaqinni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda kompaniya.
SanJoseMercuryNews nashrining yozishicha, ayol o‘z erining o‘limidan keyin uyini tozalayotgan paytda eriga tegishli bo‘lgan elektronika solingan bir nechta qutini utilizasiyaga topshirib yuborgan. Chiqindilar orasida Apple I kompyuteri ham bo‘lgan. Bu kompyuter yaqinda shaxsiy kolleksiyalardan biriga sotib yuborildi. Shu munosabat bilan utilizasiya kompaniyasi ayolga ushbu kompyuter uchun 100 ming dollar berishga tayyorligini aytmoqda.
Apple I kompyuteri Apple asoschilari Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ron Ueyn tomonidan yaratilgan shaxsiy kompyuterning ilk modellaridan hisoblanadi. Kompyuter 1976 yilda 200 dona miqdorida ishlab chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi