13:57 / 02.06.2015
6 601

Toshkentda Sony Xperia E4 va Xperia E4 Dual sotuvga chiqarildi

Toshkentda Sony Xperia E4 va Xperia E4 Dual sotuvga chiqarildi

Toshkentda Sony kompaniyasining Sony Xperia E4 va Xperia E4 Dual tejamkor smartfonlari sotuvga chiqarildi. Xperia’ning ilgarigi modellaridan farqli ravishda, yangi uskunalar to‘mtoq dizaynga egadir. Ular sodda, qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha asosiy funksiyalarga ega, deb yozadi Kun.uz.

Texnik jihatdan smartfonlar 960×540 echimli, 5 dyuymli displeyga, 1,3 GGs chastotali, 4 yadroli MediaTek MT6582 chipiga, Mali-400MP2 grafikaga 5 Mp li asosiy va 2 Mpli frontal kameralarga, 1 Gb operativ 8 Gb ichki xotiraga ega.

Shuningdek, yangi telefonlar Wi-Fi va Bluetooth 4.1 simsiz aloqa modullariga ega. Ular Android 4.4.4 KitKat operasion tizimida ishlaydi. 2300 mA/soat batareyalari apparatlarga bitta quvvatlantirishdan so‘ng ikki kun ishlab turish imkoniyatini beradi. Bu muddatni uzaytirish uchun STAMINA va Ultra STAMINA rejimlaridan foydalanish mumkin.

Toshkentning “Fleshka” bozorida Xperia E4 modeli 760 ming so‘mga, uning ikki SIM-kartali versiyasi E4 Dual esa 800 ming so‘mga sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda Sony Xperia E4 va Xperia E4 Dual sotuvga chiqarildi