22:09 / 02.06.2015
7 262

Disney kompaniyasida multfilmlardagi kabi harakatlanuvchi robot yaratildi

Disney kompaniyasida multfilmlardagi kabi harakatlanuvchi robot yaratildi

Disney Research tashkiloti International Conference on Robotics and Automation ko‘rgazmasi doirasida qadam tashlashi xuddi animasion filmdagi qahramonning yurishiga o‘xshash robot taqdim qildi, deb yozadi Kun.uz.

Olimlar kompyuter yordamida avval robot personajini yaratishdi va uning qadam tashlashini ishlab chiqishdi. Bundan keyin animasiya asosida robotning o‘zi yaratildi. Robotning asosiy konstruksiyasi 3D-printerda bosildi, bo‘g‘imlari esa servomotorlar yordamida harakatga keltiriladi. Bundan keyin dastur robotga barqarorligini saqlagan holda animasiyalashgan personaj kabi qadam tashlashga imkon beruvchi algoritmni ishlab chiqadi. Robotning tuzilishi ixcham bo‘lib, uni personajning “kiyimiga” bemalol joylashtirsa bo‘ladi.


Disney Research kelgusida robot va u ishlatadigan dasturni takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu ishdan maqsad Disneyland ko‘ngilochar bog‘idagi attraksionlarning bir qismiga aylanadigan robotlarni yaratishdan iborat.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Disney kompaniyasida multfilmlardagi kabi harakatlanuvchi robot yaratildi