“O‘zbektelekom” AJning UZMOBILE mobil aloqa operatori nutqni uzatishning juda sifatli texnologiyasi – HD Voice`ni amaliyotga tatbiq qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Bu istiqbolli texnologiyani oddiygina “Yuqori ko‘rsatkichdagi aloqa” yoki “Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effektga ega ovoz” deb aytish mumkin.
Mobil telefon orqali HD Voice texnologiyasidan foydalanib so‘zlashganda suhbatdoshingiz go‘yoki yoningida turgandek his paydo bo‘ladi.
HD Voice texnologiyasi nutq anglanishini sezilarli darajada oshiradi, so‘zlarning oxiri yo‘qolib qolishi effektini bartaraf etadi, ovoz tembri, alohida tovushlarning aytilishi va suhbatdosh nutq ohangini buzilishlarsiz uzatadi.
Agar telefonda suhbatlashayotgan ikki mijoz “UZMOBILE GSM”ning 3G tarmog‘ida bo‘lsa va ularning telefonlari WB-AMR kodegini qo‘llab-quvvatlasa, HD Voice avtomatik ravishda ishga tushadi.
“Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effekti” sizga o‘zingizning suhbatdoshingizdan ko‘plab kilometrlar uzoqlikda joylashganingizni unutishingizga imkon beradi.
Telefon tomonidan WB-AMR texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi axborotni telefon yo‘riqnomasidan yoki telefon ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlash xizmatidan aniqlashtirib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi