18:35 / 24.06.2015
7 312

Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasi Facebook tarmog‘ida yangi tanlov e’lon qildilar

Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasi Facebook tarmog‘ida yangi tanlov e’lon qildilar

2015 yil 24 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasi bilan hamkorlikda Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. G‘olib 100 ming so‘m miqdorida kimyoviy tozalash xizmatlaridan foydalanish imkonini qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Tanlovda ishtirok etaman!” deb yozish lozim.

Tanlov 2015 yilning 24 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. G‘olib tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 30 iyun kuni chop etiladi.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Club va Lavanderia kimyoviy tozalash korxonasi Facebook tarmog‘ida yangi tanlov e’lon qildilar