18:15 / 18.02.2015
7 720

Google Android One nomli yangi smartfonlar ishlab chiqardi

Google Android One nomli yangi smartfonlar ishlab chiqardi

Google kompaniyasi hozirda rivojlanayotgan bozorlarga arzon smartfonlarni chiqaruvchi Android One dasturini taklif qilmoqda.

Endilikda bu dastur yana bitta yangi bozor – Filippinni ham o‘z ichiga oldi. U erda Google’ning Cherry Mobile One va MyPhone Uno smartfonlari sotuvga chiqarildi. Bu smartfon modellari uncha qimmat bo‘lmasdan, 4,5-dyuymli 854×480 piksel ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan sensor displey, Mediatek MT6582 (1,3 GGs) to‘rt yadroli prosessori, 1 Gb tezkor xotira hamda MyPhone Uno modelida 4 Gb va Cherry Mobile One’da 8 Gb ichki o‘rnatilgan xotira bilan jihozlangan. Smartfonlar 2 Mp (frontal) hamda 5 megapikselli (asosiy) kameralar bilan jihozlangan hamda ikkita SIM-kartaga xizmat qila oladi.

Bu ikki smartfonda ham hali rasmiy ravishda namoyish etilmagan yangi Android 5.1 Lollipop operasion tizimi qo‘llanganiga e’tibor qaratilgan. Ushbu qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar ko‘rsatkichlar ro‘yxatidan Android 5.1 Lollipop haqidagi eslatmani Google’ning ko‘rsatmasi bilan olib tashlashgan, biroq internetda bu operasion tizim yangi va hali tanishtirilmagan OT ekanligi haqida xabar tarqalib bo‘lgan.

Hozircha yangilangan platforma qachon namoyish qilinishi va boshqa qurilmalar uchun mumkin bo‘lishi noaniqligicha qolmoqda.


Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Android One nomli yangi smartfonlar ishlab chiqardi