10:28 / 20.02.2015
14 935

2014−2015-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘tish ballari e’lon qilindi

2014−2015-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘tish ballari e’lon qilindi

DTM saytida oliy ta’lim muassasalariga 2014−2015-o‘quv yilida talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov va o‘tish ballari to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilindi, deb xabar bermqoda «Xushnudbek.uz».

Unda 57 ta oliy ta’lim muassasasi hamda ularning 11 ta filiali, 2 ta fakulteti va 1 ta bo‘limida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari ta’lim yo‘nalishlari kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida qabul rejasi, abiturientlar soni, tanlov (1 o‘ringa to‘g‘ri kelgan abiturientlar soni), yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish bali va o‘rtacha o‘tish bali keltirilgan.

O‘rtacha o‘tish bali muayyan yo‘nalishda davlat granti (yoki to‘lov-shartnoma) bo‘yicha talabalikka qabul qilingan barcha abiturientlar to‘plagan ballarning o‘rtachasi demakdir.

O‘tish bali muayyan ta’lim yo‘nalishida belgilangan qabul kvotasi doirasida davlat granti yoki to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan abiturientlar to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha eng quyi chegarasidagi qiymatidir.

«Ushbu ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan abiturientlarga foydali bo‘ladi degan umiddamiz» – deyiladi DTM saytidagi xabarda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2014−2015-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘tish ballari e’lon qilindi