13:02 / 25.02.2015
6 736

Toshkentda internet-kafelar 21:00 gacha ishlaydigan bo‘ldi

Toshkentda internet-kafelar 21:00 gacha ishlaydigan bo‘ldi

Toshkent hokimi qarori bilan voyaga etmagan yoshlarga dars paytida va ota-onalardan biri hamrohligisiz tungi soatlarda shahardagi internet-kafe va kompyuter klublariga tashrif buyurish taqiqlandi, ushbu muassasalar esa endidan boshlab faqat 21:00 gacha ishlaydi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Toshkent shahrida Internet tarmog‘i va kompyuterlar orqali xizmatlar taqdim etuvchi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hujjat hokim tomonidan 18 fevralda imzolanib, 24 fevraldan kuchga kirdi.

Qarorga muvofiq, muassasalarning kompyuter xotirasida axloqsizlik, diniy ekstremizm, millatchilikni targ‘ib qiluvchi disklar, vebsaytlar, filmlar, o‘yinlar va boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lishi hamda ularning internet orqali foydalanilishi taqiqlanadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda internet-kafelar 21:00 gacha ishlaydigan bo‘ldi