23:54 / 26.02.2015
17 317

O‘zbekistonda homiladorlik bo‘yicha uy kartasi joriy etiladi

O‘zbekistonda homiladorlik bo‘yicha uy kartasi joriy etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan viloyatida homiladorlik bo‘yicha uy kartasini joriy qilish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirmoqda, deb yozadi Uzbekistan Today.

Eksperimentda 60 ming ayol qatnashmoqda. Natijalarga qarab, ushbu tajribani respublikaning barcha hududlarida tarqatish rejalashtirilmoqda.

Uy kartasi homilador ayollar va ularning oila a’zolarini homiladorlikning kechishi va tug‘ruqdan keyingi davrni kuzatish jarayoniga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu homilaning rivojlanish me’yoridan chiqish holatlarini vaqtida aniqlash va tibbiy yordam so‘rab murojaat qilish uchun zarur.

Umumiy amaliyot shifokori yoki akusher ayol va uning oila a’zolariga uy kartasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi, ayol shifokor qabuliga kelganda kartadagi qaydlar o‘rganib chiqiladi va tegishli ma’lumot beriladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda homiladorlik bo‘yicha uy kartasi joriy etiladi