16:56 / 06.03.2015
6 998

EVO internet provayderi 4G tarmog‘ini ishga tushirayotganini ma’lum qildi

EVO internet provayderi 4G tarmog‘ini ishga tushirayotganini ma’lum qildi

EVO internet provayderi 4G internet tarmog‘ini ishga tushirayotganini ma’lum qildi. Tarmoqning to‘rtinchi avlodi shu oyda foydalanishga topshiriladi deb yozadi Uzbekistan Today.

LTE tarmog‘i dastlab Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun foydalanishga topshirilishi rejaga kiritilgan. Unga ko‘ra, Wi-Fi routerlari va WiMAX modemlari to‘rtinchi avlod tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega jihozlarga almashtiriladi.

Kompaniya xizmatchilarining ma’lum qilishicha, tarmoq uskunalarini ishga tushirish va qancha abonentlar tashrif buyurishi bo‘yicha aniq sanalar belgilab olingan. Qayd etib o‘tish joiz, ushbu loyiha “KT Corporation” Janubiy Koreya korxonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, uning qiymati 10 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » EVO internet provayderi 4G tarmog‘ini ishga tushirayotganini ma’lum qildi