AQSh O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin ham Toshkent bilan hamkorlik munosabatlarini saqlab qoladi. Bu haqda seshanba kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Men Toshkentda bir necha kun bo‘laman. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan hamdardlik izhor etaman. Bizning O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz o‘zgarmaydi", degan u o‘z tashrifi davomida.
Bundan oldinroq O‘zbekiston TIV da Abdulaziz Komilov ushbu diplomat bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi.
U AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etgan.
"Men Komilov bilan uchrashuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar saqlab qolinishi haqida gapirdim. Bu juda muhimdir", deya qayd etgan AQSh Davlat departamenti vakili.
Manba: kun.uz
Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat almashinuvi har qanday davlat uchun qiyin davrdir, lekin bu munosabatlarni mustahkamlash vaqti bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi